» » “Farg‘onaazot” va “Qo‘qon superfosfat zavodi” xorijiy investorlarga sotiladi

“Farg‘onaazot” va “Qo‘qon superfosfat zavodi” xorijiy investorlarga sotiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida kimyo sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Hujjat bilan 2018—2030-yillarda kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni 4,5 barobarga oshirish, shuningdek, organik kimyo mahsulotlari ulushini 7 foizdan 54 foizgacha yetkazish orqali tarmoqni diversifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, mavjud ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda yangi qayta ishlash quvvatlarini yaratishga qaratilgan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 4,8 milliard AQSh dollariga teng 29 ta investitsiyaviy loyihalar asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladi.

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida “O‘zkimyosanoat” ga quyidagilarni ta’minlash topshirildi:

“Farg‘onaazot” AJ va “Qo‘qon superfosfat zavodi” AJni xorijiy investorlarga sotish maqsadida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kengaytirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha 2018-yil 30-dekabrga qadar ushbu jamiyatlarning aktivlarini mustaqil baholashni yakunlash;

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodini qurish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun kimyo sohasida tajribaga ega xorijiy kompaniya bilan istisno tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar asosida shartnoma tuzish;

Navoiy viloyatida fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish kompleksini qurish bo‘yicha 2019 yil avgust oyiga qadar xorijiy tashkilot tomonidan fosforli xomashyo maydonini baholash (ekspertizadan o‘tkazish) asosida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining “Samarqandkimyo”, “Elektrkimyozavod” va “Jizzax plastmassa”ning ustav kapitalidagi davlat ulushi va “O‘zkimyosanoat” ulushini, shuningdek, “Farg‘onaazot” ing ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiy investorlarga bozor qiymatida sotishquyidagi takliflariga rozilik berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют