» » Xorijdagi vatandoshlarga soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston fuqaroligi beriladi

Xorijdagi vatandoshlarga soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston fuqaroligi beriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Hujjat bilan Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida davlat siyosati konsepsiyasi va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, vatandoshlar bilan hamkorlikning darajasi va shaklidan kelib chiqib, ularga davlat tomonidan quyidagi qo‘llab-quvvatlash va rag‘bat choralari ko‘rsatilishi mumkin:

Kirish vizalarini, shu jumladan, ko‘p marotabalik va uzoq muddatli vizalarni soddalashtirilgan holda rasmiylashtirish, vaqtinchalik yashashga hamda O‘zbekiston hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun ruxsatnoma berish;

Yuqori malakali kadrlarni O‘zbekistonda zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha ishga olish;

Ijtimoiy va maishiy masalalarni hal qilishga yordam berish;

Davlat tasarrufidagi bo‘sh turgan ob’ektlarni va yer maydonlarini vatandoshlarga tadbirkorlik, ilmiy-tadqiqot, ma’rifiy, innovatsion va boshqa dastur hamda loyihalarni amalga oshirish uchun ajratib berish;

Vatandoshlarning o‘qishi, ishi va boshqa ijtimoiy masalalarini to‘liq (qisman) moliyalashtirish;

Vatandoshlar orasida yuqori malakali mutaxassislarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa davlat tashkilotlariga rahbarlik lavozimlariga, shuningdek, ushbu tashkilotlar rahbarlarining konsultanti (maslahatchisi) sifatida jalb qilish;

Soddalashtirilgan tartibda O‘zbekiston fuqaroligini berish;

Vatandoshlar — xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, kino, madaniyat, teatr san’ati, televideniye va radio yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olishlari uchun grantlar ajratish;

Vatandoshlarning ommaviy axborot vositalarini O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tishini soddalashtirish;

O‘zbekistonning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan vatandoshlarni davlat mukofotlari va faxriy unvonlar bilan taqdirlash;

O‘zbekiston qonunchiligi asosida davlat tomonidan ko‘rsatiladigan boshqa qo‘llab-quvvatlash va rag‘bat choralari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют