» » Toshkentda ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘tkazildi

Toshkentda ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘tkazildi


Toshkentda 25-oktabr kuni “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasiga bag‘ishlangan xalqaro seminar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etgan anjumanda mazkur loyihaning maqsadlari, uni amalga oshirishdan ko‘riladigan foyda va shu kungacha erishilgan natijalar haqida so‘z bordi.

Seminarda tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, notarial idoralar, oliy ta’lim muassasalari, geodeziya, baholash, rieltorlik kompaniyalari vakillari, turar joy fondi quruvchilari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sh.Habibullayev, Jahon bankining yer siyosati bo‘yicha katta mutaxassisi C.Bell, loyihaning xalqaro maslahatchilari A.Finne (Finlyandiya), R.Zagretdinov (Rossiya) va boshqalar kadastr hisobini yuritish va ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimiga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish, sohada axborot resuslari va tizimlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, ko‘chmas mulk kadastri va ro‘yxatga olishning to‘liq raqamli tizimini yaratish, shuningdek, loyihani tatbiq etish natijasida kutilayotgan natijalar haqida ma’lumot berdi.

“Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” investitsiya loyihasi 2016-yil Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Jahon banki o‘rtasida imzolangan kelishuv asosida amalga oshirilmoqda.

Umumiy qiymati 35,77 million dollar bo‘lgan mazkur loyihaga Jahon banki 20 million dollar kredit ajratgan. 2016—2021-yillarga mo‘ljallangan loyiha tender tanlovida g‘olib chiqqan Shvetsiyaning “Swedesurvey” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olishning mavjud “qog‘ozli” tizimini geoaxborot va veb-texnologiyalarni elektron hukumat bazaviy platformasining tarkibiy qismi sifatida qo‘llash, zamonaviy kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integrallashgan axborot tizimini yaratish orqali tizimni modernizatsiya qilishni nazarda tutadi. Loyiha ko‘chmas mulk reyestri va kadastri tizimini yaratish, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr bo‘yicha ma’lumotlarni ishlab chiqish, mavjud ma’lumotlardan foydalanish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish kabi tarkibiy qismlardan iborat.

Seminarda mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar, ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimini modernizatsiya qilish, tizimga axborot texnologiyalarini joriy etishda erishilayotgan natijalar haqida taqdimotlar namoyish etildi, mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.

Tadbir doirasida “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi tomonidan loyiha mazmun-mohiyatini aholiga keng targ‘ib etish maqsadida jurnalistlar o‘rtasida maxsus tanlov e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют