» » O‘zbekiston ma’muriy sudlarida ko‘rilgan ishlarning aksariyati Yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq

O‘zbekiston ma’muriy sudlarida ko‘rilgan ishlarning aksariyati Yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq


O‘zbekistonda 2018-yilning dastlabki to‘qqiz oyi mobaynida ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 16 567 ta ish ko‘rib chiqildi. Buning natijasida 12 525 fuqaroning huquqi tiklandi, 57 nafar mansabdor shaxsga intizomiy jazo qo‘llanildi. Bu haqda Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidovga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Hisobot davrida ma’muriy sudlar tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ko‘zda tutilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha 344 198 nafar shaxsga nisbatan 276 461 ta ish ko‘rib chiqildi. Jumladan 231 809 nafar shaxsga nisbatan jarima, maxsus huquqdan mahrum etish, ma’muriy qamoq va O‘zbekiston hududidan chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanildi.

Tahlillarga ko‘ra, ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlarning aksariyatini:

Xususan, ma’muriy sudlar tomonidan transport vositalarini mast holda boshqarish va transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 43 605 nafar shaxsga nisbatan 42 978 ta ish ko‘rib tamomlangan. Shundan 4 655 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi, 33 583 nafar shaxs esa transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan.

Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 16 276 nafar shaxsga nisbatan 15 803 ta ish ko‘rib tamomlangan. Shundan 13 711 nafar shaxsga nisbatan jarima jazosi qo‘llanildi, 1 057 nafar shaxs esa transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan.

Mast holda transport vositasini boshqarib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan 908 nafar shaxsga nisbatan 904 ta ma’muriy ish ko‘rib chiqildi. Ma’muriy sudlar tomonidan 160 151 ta ish, ya’ni barcha ishlarning 57 foizdan ortig‘i sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Oliy sudi Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan nazorat tartibida 2 155 ta shikoyat va protestlar ko‘rib chiqildi, shundan 445 tasi ish materiallari asosida o‘rganildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 36 ta qaror bekor qilindi va 33 ta sud qarori o‘zgartirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 62) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют