» » Arkanzas Oliy sudi shtatda o‘lim jazosini qo‘llashga ruxsat berdi

Arkanzas Oliy sudi shtatda o‘lim jazosini qo‘llashga ruxsat berdi


Arkanzas Oliy sudi mazkur shtat rasmiylariga 12 yillik tanaffusdan so‘ng o‘lim jazosini ijro etishni qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat berdi. Tegishli qaror 24-fevral, juma kuni chiqarildi, deb yozadi “TASS”.

Qo‘shma Shtatlar Oliy sudi Arkanzasda o‘lim jazosi ijrosini kutayotgan mahbuslarning advokatlari tomonidan berilgan murojaatni ko‘rib chiqishni rad etdi.

Shtatda jami sakkiz nafar mahbus o‘lim jazosiga mahkum etilgan. Ular Arkanzasda 2005-yilda joriy etilgan vaqtinchalik moratoriyni uzaytirishni so‘rab murojaat qilgan hamda o‘lim inyeksiyasi uchun qo‘llanuvchi zaharli modda jinoyatchilarga chidab bo‘lmas og‘riq keltirishini ma’lum qilgan.

Sud o‘lim jazosini ijro etishga ruxsat bergandan so‘ng Arkanzas prokurori Lesli Rutlej sakkiz nafar mahbusga nisbatan hukmni ijro etish muddatlarini belgilashni so‘rab shtat gubernatoriga rasmiy so‘rov yubordi.

Shtat rasmiylari ruxsat berilganligiga qaramasdan, inyeksiya uchun zarur dori vositalarining mavjud emasligi tufayli hozircha jinoyatchilarni qatl eta olmaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют