» » Rossiyalik xonanda Valeriya: O‘zbekistonning “Scorpion” filmi ustida ishlash men uchun ham qiziqarli bo‘ldi

Rossiyalik xonanda Valeriya: O‘zbekistonning “Scorpion” filmi ustida ishlash men uchun ham qiziqarli bo‘ldi


Rossiyalik taniqli xonanda Valeriya rejissor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan “Scorpion” filmi uchun saundtrek kuyladi. Xonanda “Sputnik” agentligiga bergan intervyusida ushbu hamkorlikdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“‘Scorpion’ — O‘zbekistonda yilning bosh filmi, bu kinoasar bilan hamma faxrlanyapti. Ushbu film ustida ishlash men uchun ham qiziqarli bo‘ldi”, — dedi Valeriya.

Filmning O‘zbekistondagi premyerasi noyabr oyi oxiriga rejalashtirilgan. Rossiyalik xonanda ushbu film yaqin vaqt ichida Rossiya prokatiga chiqishiga ham shubha qilmasligini bildirdi.

“Scorpion” filmi yoshlar orasidagi xalqaro jinoyatchilik haqida hikoya qiladi. Tasvirga olish ishlari O‘zbekiston, Rossiya va Marokashda bo‘lib o‘tgan. Filmda O‘zbekiston, Turkiya va Rossiya kinosi yulduzlari suratga tushgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют