» » Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan dori-darmon ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan dori-darmon ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga safari doirasida 25-fevral kuni “Qashqadaryo dori-darmon” tomonidan Rodex Trading Limited kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan kukun shaklidagi antibiotik dori vositalari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Qarshida Alisher Navoiy nomidagi bog‘ning rekonstruksiyasi bilan tanishdi

Qiymati 5,09 million AQSh dollari bo‘lgan ushbu loyihaga ko‘ra klaforan, sefotak, sefomed, gentometsin, sefozalin, sefotoksim va boshqa turdagi dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Shavkat Mirziyoyev dorivor o‘simliklarni qayta ishlash, tibbiy moylar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalarini ham ko‘zdan kechirgan.

Mavzuga doir: Qarshidagi eski “Nasaf” stadioni o‘rnida suzish havzasi qurilmoqda. Shavkat Mirziyoyev majmuada barcha qulayliklarni yaratish haqida ko‘rsatma berdi

“Qashqadaryo vohasining purviqor tog‘lari, bepoyon qiru adirlarida noyob giyohlar, buta va daraxtlar serob”, — dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Loyihada tirnoqgul, zubturum, oshqovoq urug‘i, tog‘ rayhoni, na’matak, kiyik o‘ti, dalachoy, gazanda, moychechak kabi o‘simliklardan dorivor choylar, bodom, kanakunjut, shaftoli, zig‘ir, sedana, o‘rik, mavrak singari buta va daraxt mevalaridan shifobaxsh moylar ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.

Mavzuga doir: Qarshi shahrining Jayxun ko‘chasida 25 ta besh qavatli turar joy binolari quriladi

Loyihani amalga oshirish natijasida yuzga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют