» » Shavkat Mirziyoyev: Toshkent hamma sohalarda namuna bo‘lishi kerak

Shavkat Mirziyoyev: Toshkent hamma sohalarda namuna bo‘lishi kerak


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, tadbirkorlarning istiqbolli rejalari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbariga Toshkent shahrining 2018—2019-yillardagi investitsiya salohiyatiga oid ma’lumotlar taqdim etildi. Unga ko‘ra, shu ikki yilda poytaxtda 417 ta loyiha amalga oshirilishi, buning natijasida 25 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan. Jumladan, Yunusobod tumanida 2019-yilda 38 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining iqtisodiy imkoniyatlari kengligi, poytaxtning barcha sohalarda namuna bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini yanada oshirish, yangi korxonalar tashkil etish va soliq tushumini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют