» » Yunusobod tumanida Business City quriladi

Yunusobod tumanida Business City quriladi


Bugun, 26-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumaniga tashrifi chog‘ida hududdagi zamonaviy ishbilarmonlik markazi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarining joriy yil 2-avgustdagi “Respublika hududlarida Business City zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq taklif etilayotgan ushbu majmua Yunusobod tumanining 2-Otchopar mahallasidagi 45,5 gektar maydonda qurilishi rejalashtirilgan. Unda savdo markazlari, biznes ofislar, ko‘ngilochar maskanlar, saylgohlar, turar joylar va boshqa obyektlar bo‘lishi mo‘ljallangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyihaning qiymati 500 million dollar bo‘lib, 2019—2023-yillarda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Prezident yangi ishbilarmonlik markazi qurilishida relyefdan oqilona foydalanish, dunyo shaharlari tajribasini o‘rganish zarurligini qayd etdi. Uni barpo etishga xorijiy investorlar, tajribali loyihachi va quruvchilarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют