» » Xomsda xavfsizlik kuchlari binolariga uyushtirilgan hujumlar oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Xomsda xavfsizlik kuchlari binolariga uyushtirilgan hujumlar oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi


Suriyaning Xoms shahridagi milliy xavfsizlik va harbiy razvedka bo‘limlari binolari oldida bir necha terrorchi-xudkush o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda “Kommersant.ru” ma’lum qildi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, razvedka xizmati binosi yaqinida 15 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, ko‘plab jarohatlanganlar bor.

Milliy xavfsizlik bo‘limi binosi atrofidagi portlashlarda ham qurbonlar bor, biroq hozircha aniq ma’lumotlar keltirilmagan. 

AFP manbalariga ko‘ra, portlashlarda jami 42 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida Xoms viloyati harbiy xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i general Hasan Da’bul ham borligi aytilmoqda. 

Xavfsizlik xizmatlari binolari yaqinida umumiy hisobda 6 nafardan ortiq xudkush o‘zini portlatgani bildirilmoqda. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют