» » O‘zbekiston Qahramoni Vera Pak vafot etdi

O‘zbekiston Qahramoni Vera Pak vafot etdi


O‘zbekiston Qahramoni, pedagog Vera Borisovna Pak 80 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi O‘zA.

Vera Pak 1938-yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan. 1961-yili Nukus davlat pedagogika institutining kimyo-biologiya fakultetini bitirgan.

O‘z mehnat faoliyatini 1961-yili Xiva shahridagi Pushkin nomidagi 3-umumta’lim maktabida kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchisi sifatida boshlab, 1985—2015-yillarda Xorazm viloyatidagi 20-Mehribonlik uyi rahbari, 2015—2018-yillarda Xiva shahridagi “Mehribonlik shaharchasi” direktori lavozimlarida mehnat qildi. Vera Pak 2004—2009-yillarda Oliy Majlisi Senati a’zosi sifatida faoliyat yuritdi.

U 1992-yili “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni, 2001-yili “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan mukofotlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют