Qarshida yiliga 25 mingta televizor ishlab chiqaradigan korxona ishga tushadi. Shavkat Mirziyoyev korxona mahsulotlari narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati safari davomida 25-fevral kuni Qarshi shahrida elektronika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Bu yerda TCL brendi ostida yiliga 25 ming dona zamonaviy televizor, 15 ming Samsung changyutgichi, 100 mingdan ortiq rozetka va elektr uzatgich mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga doir: Qarshi tumanida 4 mln dollarga chiqindilarni qayta ishlovchi majmua ishga tushiriladi
Mahsulot narxini arzonlashtirish va ularni eksportga yo‘naltirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, korxona faoliyatiga kollej bitiruvchilarini jalb etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!
