» » Buxorolik traktor haydovchisi paxta xomashyosini topshirishda tirkama tortgichga o‘zgartirish kiritib 10 mln so’mdan ortiq pulni o’zlashtirdi

Buxorolik traktor haydovchisi paxta xomashyosini topshirishda tirkama tortgichga o‘zgartirish kiritib 10 mln so’mdan ortiq pulni o’zlashtirdi


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan paxta xomashyosini topshirish bilan bog‘liq jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.  11-oktabr kuni Inspeksiyaning Buxoro viloyati, Romitan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tadbiro‘tkazildi, deya xabar berdi viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.

Romitan tumanidagi “X.X” fermer xo‘jaligi traktor haydovchisi V.Jamolov(o‘zgartirilgan) , “Buxoro paxta tozalash” AJga qarashli Romitan tumanidagi “Chelong‘u” paxta tayyorlov maskanida paxta xomashyosini topshirish jarayonida 2855 raqamli tirkama tortgichiga noqonuniy ravishda qo‘lbola usulda o‘zgartirish kiritgani oqibatida 230 kilogramm 814,8 ming so‘mlik paxta xomashyosini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, V.Jamolov(o‘zgartirilgan) 2018-yilning 24-sentabrdan, 11-oktabr kuniga qadar bo‘lgan davrda paxta xomashyosini tayyorlov maskaniga topshirish vaqtida tirkamaga qo‘lbola usulda o‘zgartirish kiritishi oqibatida aslida mavjud bo‘lmagan jami 2940 kg paxta xomashyosini topshirilishiga erishib, jamiyat manfaatlariga 10 mln 415 ming 200 so‘mlik zarar yetkazganligi aniqlangan.

Inspeksiyaning Romitan tuman bo‘limi tomonidan F.Bo‘riyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilishini tashkillashtirish uchun Romitan tuman prokuraturasiga yuborilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют