» » Farg‘onalik yoshlar uchun “Desantchilar” harbiy qismi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi (foto)

Farg‘onalik yoshlar uchun “Desantchilar” harbiy qismi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi (foto)


Sharqiy harbiy okrugiga qarashli “Desantchilar” harbiy qismida Farg‘ona viloyati yoshlari ishtirokida “Uch avlod” nomi ostida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Sharqiy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi, Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” hamda “Turon-patriot” maxsus maktabining o‘quvchilari, shuningdek, viloyat faxriylari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi 3898-son qarorining mazmun-mohiyati, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’ruzalar o‘qildi.

Tadbir davomida yoshlar uchun qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida foydalanib kelinayotgan zamonaviy texnikalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ko‘ngilli yoshlar parashyutlar yordamida desantchilarning maxsus mashqlarini bajarib ko‘rishdi.

Uchrashuv yakunida mehmonlar harbiy qism oshxonasida harbiy xizmatchilarning taomnomasi bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 22:15)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют