» » Samarqandda 16 nafar “tadbirkorlar” faoliyatiga chek qo‘yildi

Samarqandda 16 nafar “tadbirkorlar” faoliyatiga chek qo‘yildi


Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 16 nafar jismoniy shaxslarning faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Jumladan, 5 ta holatda avtomobillarni yuvish faoliyati, 7 ta holatda avtomobillarni vaqtinchalik saqlash (avtostoyanka) joylari tashkil qilish, 2 ta holatda maxsus litsenziyasiz gastrol konsert faoliyati bilan shug‘ullanish, 2 ta holatda savdo faoliyati bilan shug‘ullanayotgan “tadbirkorlar” aniqlangan.

Jumladan, Samarqand shahar, Jomiy ko‘chasi 46-uy yerto‘lasida kiyim-kechaklar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.Z. faoliyatini boshlashdan avval davlat ro‘yxatidan tadbirkor sifatida o‘tmasdan faoliyat yuritgan. O‘tkazilgan nazorat tadbirida A.Z. hech qanday hujjatlarsiz ish yuritib, 375 million 885 ming so‘mlik 39 turdagi ayollar va bolalar kiyim-kechaklarini savdoga qo‘ygan. A.Z.ning savdoga qo‘ygan mahsulotlari vaqtinchalik daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.

- “Oktabr oyining o‘tgan davri mobaynida 213 nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tdi”, - deydi Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i Lochinbek Rasulov.- “46 nafar faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyati tiklandi. Shuningdek, 38 nafar yollanma ishchilar ro‘yxatdan o‘tkazildi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 22:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют