» » Rossiyalik tarixchilar bilan gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Rossiyalik tarixchilar bilan gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Orenburg davlat universiteti va “Yevrosiyo davlatlari hamkorligi” ilmiy aksiyadorlik jamiyatlari hamkorligida 26-oktabr kuni Toshkentda “Rossiya va O‘zbekistonning tarixiy-madaniy aloqalari va hozirgi davrda gumanitar hamkorlikning istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tashkil etilgan konferensiyada Rossiya gumanitar universiteti, Orenburg davlat universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasining Umumiy tarix instituti vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyaning asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalari aro mintaqaviy hamkorlikni faollashtirish, Rossiya olimlari va professor-o‘qituvchilari bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Konferensiyada hozirgi davrdagi tarix fanining dolzarb muammolari, rus va o‘zbek madaniyatining o‘zaro ta’siri va aloqalar, oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlik aloqalarining rivojlanishida Orenburg mintaqasining o‘rni kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Sh. Sharipov, Orenburg universiteti huzuridagi janubiy Ural tarix va etnografiya ilmiy-tekshirish instituti rahbari V. Amelin, Rossiya Fanlar Akademiyasi Markaziy Osiyo instituti sektor mudiri T. Kotikova va boshqa oliy ta’lim muassasalarining tarixchi, filolog, siyosatshunos olimlari tomonidan qiziqarli ma’ruzalar taqdim etildi.

Konferensiya davomida “XVIII-XIX asrlar Rossiya-O‘zbekiston aloqalari tarixidan” deb nomlangan Orenburg davlat arxivi fondidan joy olgan tarixiy hujjatlar hamda yangi o‘quv-ilmiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют