» » Qashqadaryoda birinchi marta sun’iy bo‘g‘im qo‘yish bo‘yicha jarrohlik amaliyoti bajarildi

Qashqadaryoda birinchi marta sun’iy bo‘g‘im qo‘yish bo‘yicha jarrohlik amaliyoti bajarildi


?АШ?АДАРЁДА БИРИНЧИ МАРТА СУНЪИЙ БЎ?ИМ ?ЎЙИШ БЎЙИЧА ЖАРРО?ЛИК АМАЛИЁТИ БАЖАРИЛДИ Вилоят кўп тармо?ли тиббиёт...

Geplaatst door Qashqadaryo Gazetasi op Donderdag 25 oktober 2018

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining travmatologiya bo‘limida suyak-bo‘g‘im kasalliklari va jarohatlariga tashxis qo‘yishda ilg‘or tibbiy texnologiyalar joriy etilishi kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolash imkonini bermoqda.

- 8 yildan buyon chanoq-son bo‘g‘imimda og‘riq bor edi, — deydi Yakkabog‘ tumanining Qishliq qishlog‘ida yashovchi Quvondiq Qo‘chqorov. — Bir necha marta tuman markaziy shifoxonasida, 2015-yilda Toshkentga borib davolanib keldim. Lekin og‘riq kamaymadi. Og‘riq zo‘raygani sayin yurolmay qolishdan juda cho‘chirdim. Aytganim bo‘ldi. Og‘ir ahvolda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining travmatologiya bo‘limiga olib kelishdi. Shifokorlar ahvolimni ko‘rib, sun’iy bo‘g‘im qo‘yish bo‘yicha jarrohlik amaliyotini bajaramiz, deb qolishdi. Bu operatsiya viloyatda birinchi marta bajarilayotgan ekan. To‘g‘risi, avvaliga biroz cho‘chidim, biroq shifokorlar bu usulning afzalliklarini tushuntirganidan so‘ng rozi bo‘ldim. Adashmagan ekanman, operatsiyadan keyin oyog‘imdagi og‘riqlar ketdi. Hozir ahvolim juda yaxshi.

Bo‘lim shifokorlarining muhim yutuqlaridan biri ham shu - yirik bo‘g‘imlar artrozlari kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni endoprotezlash, ya’ni sun’iy bo‘g‘im o‘rnatish operatsiyasi bo‘ldi.

Ma’lumki, bo‘g‘im kasalliklari jahon tibbiyotining dolzarb muammosi bo‘lib, bu dard bemorning hayot sifati buzilishiga, nogironlikka olib keladi. Operatsiyani bajarish uchun yuqori malakaga ega mutaxassislar bilan birga ilg‘or tibbiy texnologiyalar talab qilinadi. Bu usul avvallari faqatgina poytaxtda xorijiy va mahalliy mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilgan bo‘lsa, viloyatimizda ham birinchi marta bajarildi.

- Artroz — bo‘g‘imni shakllantiruvchi to‘qimalar rivojlanishining buzilishi oqibatida paydo bo‘ladi, — deydi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi travmatologiya bo‘limi boshlig‘i Elyor Andaqulov. — Me’yoriy holatda tog‘ay yuzalari, bog‘lamlari, bo‘g‘im qopchasida doimiy yangilanish jarayoni paydo bo‘ladi, ammo bu birdan sezilmaydi. Yoshga doir o‘zgarishlar odatiy regeneratsiya — qayta tiklanish hodisasiga ta’sir ko‘rsatib, degeneratsiyaga yo‘l ochadi. Natijada tog‘ay yuzalari, kosachalarda eroziya (yaralar) paydo bo‘ladi. Yaralar kengayadi, tog‘ay tagida joylashgan g‘ovak suyaklarda o‘zgarish bo‘lib shu joy ochilib qoladi. Bundan suyaklardagi nerv tolalari ziyon ko‘radi va og‘riq kelib chiqadi. O‘zgarish nafaqat tog‘ayda, boylamlar, sinovial pardada ham yuzaga kelishi mumkin va u kattalashgani sayin og‘riq ham zo‘rayib boraveradi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, artrozlar to‘rt xil darajaga bo‘lingan. Birinchi va ikkinchi darajali artroz boshlang‘ich davr hisoblanib, dori-darmonlar yordamida davolanadi. Bunda asosan chanoq-son bo‘g‘im sohasidagi qon aylanishini yaxshilovchi, bo‘g‘im tog‘ayini oziqlantiruvchi preparatlar, gel va surtmalar hamda kompleks vitaminlar buyuriladi. Oyoqni harakatlantirish sezilarli darajada cheklansa, oyoqda kaltalik paydo bo‘lsa, bemor oqsoqlanib yura boshlasa, shifokorlar rentgen va boshqa turdagi zarur tekshiruvlarni o‘tkazib, tashxis qo‘yadi. Agar bu koksartrozning uchinchi yoki to‘rtinchi darajasi bo‘lsa, bemorga endoprotezlash amaliyoti tavsiya etiladi. Mazkur operatsiyaning soddaroq izohi – shikastlangan bo‘g‘imni sun’iysi bilan almashtirish.

- Endoprotez maxsus metall qorishmasidan tarkib topgan, — deydi oliy toifali travmatolog O‘rin Rahimov. — Protez bo‘g‘im shaklini takrorlaydi, mahkamlanganidan so‘ng oyoqni harakatlantirishda hech qanday muammo kuzatilmaydi. Og‘riq ham yo‘qoladi. Protezning chanoq qismi ichidagi yostiqcha polietilen yoki keramikadan, son boshchasi po‘lat yoxud keramika, oyoqcha qismi esa titan qorishmasidan tayyorlanadi. Endoprotez bo‘g‘im mexanikasini to‘liq qaytaradi. Dunyo bo‘yicha endoprotez amaliyoti 15 yil muddatga kafolatlanadi. Belgilangan vaqt o‘tganidan so‘ng protezni almashtirish zarurati paydo bo‘lishi mumkin. Biroq, agar bemor sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lsa, amaliyot mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetsa, protez 15 yildan ham ziyodroqqa yetadi. Shuning uchun bemorga sun’iy protez qo‘yilgach, bir qancha shartlarga rioya qilishi ta’kidlanadi. Xususan, og‘ir yuk ko‘tarmaslik, balandlikdan sakramaslik, turli xarakterdagi shikastlanishlardan ehtiyot bo‘lish, tana vaznining me’yordan ortmasligi, shamollashdan saqlanish, sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanganda bo‘g‘imga zo‘riqish tushishidan himoyalanish lozim.

Shu o‘rinda bir savol tug‘ildi: sun’iy bo‘g‘im qo‘yish bo‘yicha jarrohlik amaliyoti istalgan bemorda bajarilaveradimi?

- Operatsiya o‘tkazilishi uchun bemorning yuragi, buyraklari, arterial qon bosimi, qonda qand miqdorining ko‘rsatkichi me’yorda bo‘lib, u shamollash, allergiya yoki turli xil toshmalardan xoli bo‘lishi shart, — deydi bo‘lim shifokori Umid Mo‘minov. — Bordiyu bemor sog‘lig‘ida biror o‘zgarish borligi aniqlansa, u avval tor doiradagi shifokorlar ko‘rigidan o‘tib, so‘ng protezlash amaliyotiga yo‘naltiriladi. Operatsiya uchun bir-ikki haftalik tayyorgarlik shart emas, bemorning sog‘lig‘idan shikoyati yo‘q bo‘lsa, shifoxonaga yotqizilgan kunning ertasiga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish mumkin.

Organizm protezga oson ko‘nikadimi, degan savol hammani qiziqtirishi tabiiy.

- Odatda sun’iy bo‘g‘im bilan muammo bo‘lmaydi. Biroq ayrim hollarda bemor bir necha kun bezovtalanishi, tana harorati ko‘tarilishidan aziyat chekishi mumkin, — deydi O‘rin Rahimov. — Bunda isitma chiqishi yaraning o‘ziga bog‘liqmi yoki endoprotezga nisbatan umumiy reaksiyasimi, tekshiriladi. Bordiyu, yaraning o‘zida yallig‘lanish mavjud bo‘lsa, tana harorati ko‘tarilishi mumkin. Bemor toki oyoqqa turib, qadam tashlashni boshlamaguncha shifokor nazoratida bo‘lib turadi. Organizmning sun’iy bo‘g‘imga ko‘nikishi qiyin kechsa, maxsus preparatlar yordamida buning ham chorasi ko‘riladi.

Ha, tani sog‘lom, ruhi tetik insonlar ertangi kunga umid bilan, hayotdan, jamiyatdan mamnun bo‘lib yashaydi. Tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar zamirida ham xalqimiz salomatligini tiklash, ularning sog‘lom, uzoq va mazmunli umr kechirishini ta’minlashdek ezgu maqsadlar mujassamdir.

Shohista Bozorova,

“Qashqadaryo” gazetasining 25-oktabr sonidan olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют