» » Qizlarimizni qizganaman. Dilnoza Kubayeva yosh aktrisalarning kiyinishi, ozini tutishi va kinodagi faoliyati haqida

Qizlarimizni qizganaman. Dilnoza Kubayeva yosh aktrisalarning kiyinishi, ozini tutishi va kinodagi faoliyati haqida


Aktrisa Dilnoza Kubayeva Daryo internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad uyushtirdi.

Suhbat davomida aktrisa bugungi kunda faoliyat olib borayotgan yosh aktrisalar, ularning ozini tutishi, kiyinishi va oynayotgan rollariga munosabat bildirdi, ularning qaysi jihatlarini alohida etirof qilishi mumkinligini aytib otdi.

Qizlarimiz juda ham yaxshi, juda ham chiroyli, muomalali, lekin ularga men oynagan rollar ham kelmayaptimi, deb oylab qolyapman. Kop qizlarimiz bolar-bolmas filmlarda suratga tushmoqda. Ijodkor, aktyor-aktrisa, sanatkor, qoshiqchi ozini sal sogintirib turishi kerak deb oylayman. Men falonchi joydaman, men mana bunaqa ish bilan bandman, bunday kiyindim, deb ozini koz-koz qilish ham sal xunukroq holat. Qizlarimizni qizganaman.

Biz chiqqanda tomoshabinlar: Voy, ovozini balandroq qil, deb korishi qaydayu, Ha, anavi kuni internetda ham shu kiyimda edi, deb korishi qayerda. Hamma narsada ham ozini korsatib, har xil kliplarda, har xil bolar-bolmas narsalarda chiqaverishni singillarimga maslahat bermagan bolardim. Tanlab-tanlab, chiroyli, oziga mos, keyingi chiroyli takliflar bolishiga zamin yaratib yuritishlarini xohlayman.

Intervyularda ham gapirayotgan gaplarini ham oylab gapirishsa, har xil oldi-qochdi sozlarni emas, xalq bilan uchrashuvlarda rahmatli shoirlarimiz Abdulla Oripov, Erkin Vohidov ijodidan sherlar aytishsa, bundan tashqari Mahmud Toir, Iqbol Mirzo kabi shoirlarimiz ijodidan misollar keltirishsa, monologlar yoki aforizmlardan iqtibos keltirishsa qanday yaxshi. Uchrashuvlarda: Men kecha ushbu aforizmni oqib, juda tasirlandim, shuni siz bilan baham kormoqchiman, deyish qayerdayu, Nima savolinglar bor, savolinglar bolsa javob beraman, deb gap boshlash qayerda togrisi, bunday gap bilan saviyamiz pastligini bildirib qoyishimiz mumkin.

Kiyinish odobida ham ozbek ayoli qanday bolgan, onalarimiz qanaqa bolgan shu narsalarga ham biroz etibor berishimiz kerak, deb oylayman. Yonimizda erkaklarimiz boladi, aka-ukalarimiz, farzandlarimiz boladi ularning oldida ham ozimizni noqulay his qilmaydigan sharoitda bolishimiz kerak.

Dilnoza Kubayeva, aktrisa

Dilnoza Kubayeva bilan eksklyuziv intervyuning toligini quyida tomosha qilishingiz mumkin. Aktrisa suhbat davomida kinoda kamnamoligi sabablari, hayotidagi unutilmas kunlar, birinchi va oxirgi muhabbati va boshqa mavzular haqida toxtalib otgan.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (25-02-2017, 15:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
:
-
:
20 ... -