» » Manba: “Farg‘onaazot”dagi portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan

Manba: “Farg‘onaazot”dagi portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan


Farg‘ona viloyatidagi “Farg‘onaazot” zavodi ammiak sexida 23-fevral kuni yuz bergan portlash natijasida yetti kishi halok bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi manba “Daryo”ga ma’lum qildi.

Hodisaning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum qilinmayapti. Avvalroq FVV matbuot xizmati portlash zavoddagi ta’mirlash-montaj ishlari vaqtida yuz bergani haqida rasmiy axborot bergan edi.

Dastlabki xabarlarda hodisa oqibatida odamlar qurbon bo‘lgani aytilan, biroq ularning soni ko‘rsatilmagan edi.

Hodisa sabablari va tafsilotlarini aniqlash, shuningdek, jabrlanuvchilarning oilalariga ko‘mak ko‘rsatish maqsadida hukumat komissiyasi tuzilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 162) ( 0) ( 160) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют