» » O‘zbekistonlik Sanjar Rahmonov mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirib, Kaliforniyada navbatdagi g‘alabasiga erishdi

O‘zbekistonlik Sanjar Rahmonov mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirib, Kaliforniyada navbatdagi g‘alabasiga erishdi


Floyd Meyvezerga qarashli promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qiluvchi o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov sakkizinchi jangidagi yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.

Jang AQShning Kaliforniya shtatiga qarashli Temekula shahridagi Pechanga Resort & Casino arenasida bo‘lib o‘tdi. Unda amerikalik Xose Marrufoga qarshi ringga chiqqan Sanjar Rahmonov ochkolar hisobi bo‘yicha ustun keldi. Jang sakkiz raund davom etishi belgilab olingandi.

Rahmonov o‘zi o‘tkazgan sakkiz jangning faqatgina bittasida durangga erishgan bo‘lib, qolgan yettitasini o‘z foydasiga hal qilgan. Shularning 3 tasida raqiblarini nokautga uchratishga muvaffaq bo‘lgan.

Опубликовано: admin (25-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют