» » Farg‘onada DXX tomonidan to‘xtatilgan ikki hamtovoq Qirg‘izistondan olib kelgan gashishini tashlab qochdi

Farg‘onada DXX tomonidan to‘xtatilgan ikki hamtovoq Qirg‘izistondan olib kelgan gashishini tashlab qochdi


DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan giyohvandlik moddalari savdosi bilan bog‘liq holat fosh etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Marg‘ilon shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan H.I. Quvasoy shahridan Farg‘ona shahriga kirib kelayotganida to‘xtatilgan, lekin u mashinadan tushib, qo‘lidagi buyumni ko‘chaga uloqtirib, qochishga uringan, lekin oxir-oqibat qo‘lga olingan.

Uning jinoiy sherigi, Marg‘ilon shahrida yashovchi D.M. ham voqea joyidan qochib ketgan. “Ammo, olib borilgan tezkor tadbir davomida u Marg‘ilon shahrida qo‘lga olindi”, — deyiladi xabarda.

H.I. tomonidan uloqtirilgan buyum xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, sellofan paketga o‘ralgan 672 gramm og‘irlikdagi gashish giyohvand moddasi ekani aniqlangan.

Tergovoldi surishtiruvlar jarayonida H.I. va D.M. gashishni Qirg‘izistonda sotib olib, Quvasoy shahrining Polmon qishlog‘i yaqinidagi aylanma yo‘l orqali O‘zbekistonga olib o‘tgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2018, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют