» » Qo‘qonda yashovchi fuqaro Tojikistonda sotib olingan qoradorini Bekobod orqali olib kelayotanida qo‘lga tushdi

Qo‘qonda yashovchi fuqaro Tojikistonda sotib olingan qoradorini Bekobod orqali olib kelayotanida qo‘lga tushdi


DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan giyohvand moddalarning noqonuniy savdosining oldi olindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi M.O. “Andarxon” chegara posti orqali Tojikistonga o‘tib, u yerda 4 ming dollar evaziga opiy (qoradori) giyohvand moddasini xarid qilgan va jinoiy sherigi, Qo‘qon shahrida yashovchi U.Q.ga telefon qilib, mazkur giyohvand moddani Qo‘qonga yetkazib berishni so‘ragan.

U.Q. giyohvand moddalarni Bekobod shahridan olib kelayotgan vaqtda Chag‘ali qishlog‘i yaqinida DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. U.Q.ning tanishi boshqaruvidagi mashinada 1 kilogramm 984 gramm opiy moddasi borligi aniqlangan hamda ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

“Olib borilgan tezkor surishturuvlar davomida M.O. ham qo‘lga olingan”, — deyiladi xabarda.

Ushbu holat yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-10-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют