Uik-end. 25-fevral kuni Angliya va Ispaniyada bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar anonsi hamda UzReport tanlovi
Bugun — 25-fevral kuni Angliya va Ispaniya chempionatlarida tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tumanli Albionda 26-tur bellashuvlari start olsa, La ligada 24-tur davom etadi. Ispaniyada turning bitta o‘yini kecha o‘tkazilgandi.
UzReport telekanali bugun 2 ta bellashuvni jonli efirda ko‘rsatadi. 20:00 dan e’tiboran “Chelsi” — “Suonsi” o‘yini translyatsiya qilinsa, “Vest Hem”ning “Uotford” maydonidagi to‘qnashuvi Londondagi bellashuv nihoyasiga yetishi bilan boshlanadi.
Angliya Premyer-ligasi
26-tur
25-fevral, shanba
“Vest Bromvich” — “Bornmut” — 20:00
“Kristal Pelas” — “Midlsbro” — 20:00
“Xall Siti” — “Byornli” — 20:00
“Chelsi” — “Suonsi” — 20:00
“Everton” — “Sanderlend” — 20:00
“Uotford” — “Vest Hem” — 22:30
UzReport bugun La ligaga e’tiborini qaratmaydi. Markaziy o‘yinlar 26-fevral — yakshanba sanasida bo‘lib o‘tishi sababli, barcha e’tibor shu kunga tushirilgan.
Ispaniya La ligasi
24-tur
24-fevral, juma
Gol: Xabi Priyeto, 74 (0:1).
25-fevral, shanba
“Alaves” — “Valensiya” — 17:00
“Betis” — “Sevilya” — 20:15
“Leganes” — “Deportivo” — 22:30
“Eybar” — “Malaga” — 00:45