» » Muhammad Saloh yana boshladi. “Liverpul” 4 ta gol urib g‘alaba qozondi va boshqa natijalar (video)

Muhammad Saloh yana boshladi. “Liverpul” 4 ta gol urib g‘alaba qozondi va boshqa natijalar (video)


Bugun, 27-oktabr sanasida Angliya premyer ligasi 10-tur bahslariga start berildi. Kun taqvimidan 6 ta uchrashuv o‘rin olgandi. Ularning barchasi yakuniga yetdi.

Jumladan, “Liverpul” jamoasi o‘z maydonida “Kardiff Siti”ni qabul qilib, yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollardan ikkitasi Sadio Mane hisobiga yozildi. Muhammad Saloh esa bitta gol va ikkita golli uzatmani mualliflik qildi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Jerdan Shaqiri esa APLda “Liverpul” uchun o‘zining ilk golini kiritdi. Mehmonlarning yagona golini esa Paterson urishga erishdi.

“Lester Siti” o‘z maydonida “Vest Hem”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi. 30-daqiqada Fabian Balbuena hisobni ochgan bo‘lsa, 89-daqiqada Vilfrid Ndidi “Lester”ga 1 ochko keltirgan golni urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ertaga, 28-oktabr sanasida “Chelsi” o‘z uyida “Byornli”ni qabul qilsa, “Arsenal” safarda “Kristal Pelas”ga qarshi bahs yuritadi. “Manchester Yunayted” esa “Old Trafford”da “Everton”ni sinovdan o‘tkazadi.

Turning markaziy o‘yini 29-oktabr, dushanba kuni “Tottenhem” hamda “Manchester Siti” o‘rtasida kechadi.

Angliya premyer ligasi

10-tur bellashuvlari

27-oktabr, shanba

Gol: 1:0 – 48 Myurrey.

Gollar: 1:0 – 10 Pereyra, 2:0 – 19 Deulofeu, 3:0 – 80 Saksess.

Gollar: 1:0 – 10 Saloh, 2:0 – 66 Mane, 2:1 – 77 Paterson, 3:1 – 84 Shaqiri, 4:1 – 87 Mane.

Gollar: 0:1 – 14, penalti Uilson, 0:2 – 72 Bruks, 0:3 – 85 Uilson.

Gollar: 0:1 – 30 Balbuena, 1:1 – 89 Ndidi.

28-oktabr, yakshanba

29-oktabr, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют