» » Bahodir Jalolov prof ringdagi 3-jangida ham raqibini nokaut qildi?

Bahodir Jalolov prof ringdagi 3-jangida ham raqibini nokaut qildi?


Jahon chempionati sovrindori, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik superog‘ir vaznli charm qo‘lqop ustasi Bahodir Jalolov navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Bahodir professional faoliyatidagi uchinchi jangini amerikalik Tayrel Raytga qarshi o‘tkazdi. Nyu-York shahridagi mashhur Madison Square Garden arenasi mezbonlik qilgan jangning 4-raundida Bahodir Raytni nokautga uchratib g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov shu kungacha prof ringda ikki marotaba jang o‘tkazib, ularning har ikkisida raqiblarini nokaut evaziga mag‘lub etgandi.

Professional boksdagi faoliyatini 2012-yilda boshlagan Rayt esa 13 marotaba ringga ko‘tarilib, ularning 9 tasida g‘alaba qozongandi ( 6 ta jangda nokaut evaziga raqiblaridan ustun kelgan). 2 ta bahsda imkoniyatni boy bergandi, endi ular soni 3 taga yetdi. Yana 2 ta jangda durangga rozi bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют