» » Adliya vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Adliya vazirligi tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi


Adliya vazirligi tizimida yangi tayinlovlar ma’lum qilindi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri lavozimiga Salauatdin Xudaybergenov tayinlandi.

U 1995-1999 -yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, 1999-2006-yillarda O‘R Adliya vazirligi, 2006-2012 yillarda Vazirlar Mahkamasida mas’ul lavozimlarda, 2012-2015 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri lavozimida, 2015-yildan lavozimga tayinlangunga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati lavozimida ishlab kelgan.

Ulug‘bek Masharipov — Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimidan ozod qilindi. Ulug‘bek Masharipov 2012-yildan buyon Adliya vazirligi tizimida samarali mehnat qilib kelgan.

Behzod Boliyev egallab turgan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan Prezident Administratsiyasi sektor mudiri lavozimiga tayinlanganligi munosabati bilan ozod qilingan.

Ulug‘bek Ismatillayev — Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 2004-2017 yillarda Namangan viloyat adliya boshqarmasida turli lavozimlarda bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2017-yildan lavozimga tayinlangunga qadar Majburiy ijro byurosining Namangan shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shuhrat Abduxalimov — Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi. 2006-2014-yillar Adliya vazirligida mas’ul lavozimlarda, 2014-2017-yillarda Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida, 2017-2018-yillarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Alisher Isoqov — Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 2005-2018-yillarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tizimida turli lavozimlarda ishlagan. 2018-yil may oyidan O‘zbekiston Respublikasi Senati devoni mahalliy ijro etuvchi hokimiyat, prokuratura va ichki ishlar organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini tashkil etish bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют