» » Pittsburgdagi sinagogga hujum qilgan shaxsga nisbatan 29 holat bo‘yicha ayblov e’lon qilindi

Pittsburgdagi sinagogga hujum qilgan shaxsga nisbatan 29 holat bo‘yicha ayblov e’lon qilindi


AQShning Pittsburg shahridagi sinagogga hujum qilishda gumonlanayotgan Rob Bauerga nisbatan 29 holat bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. “RIA Novosti”ning qayd etishicha, Bauer keltirib chiqargan otishma oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan.

Avvalroq AQSh bosh prokurori Deff Seshns gumonlanuvchiga nisbatan o‘lim jazosini nazarda tutuvchi jinoyatlar bo‘yicha ayblov e’lon qilinishini ma’lum qilgandi. Bauerga nisbatan zo‘rlik ishlatish va o‘qotar quroldan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik bo‘yicha ayblov e’lon qilindi.

Pittsburgdagi sinagogga hujum mahalliy vaqt bilan 27-oktabr kuni tongda, ibodatxonaga tashrifchilar yig‘ilayotgan vaqtda yuz bergan. O‘qotar bino ichiga kirib, yahudiylarga qarshi qaratilgan gap-so‘zlarni aytgan va o‘q uzishni boshlagan. Voqea joyiga politsiya yetib kelganidan so‘ng, otishma boshlangan.

Otishma oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, yana olti kishi, xususan, to‘rt politsiyachi yaralangan. Hujum qilgan shaxs — 48 yoshli Rob Bauerning o‘zi keyinroq politsiyaga taslim bo‘lgan; u yarador holida kasalxonaga yotqizilgan. Amerika OAVlari Bauerning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga asoslanib yozishicha, u natsistlar va Adolf Gitler tarafdori.

AQSh prezidenti Donald Tramp Pittsburgdagi favqulodda vaziyatdan so‘ng begunoh odamlarni o‘ldirayotganlar bu qilmishlari eng uchun “eng oliy haq”ni to‘lashlari uchun o‘lim jazosiga doir qonunlarni yanada qat’iylashtirish zarurligini ta’kidladi. Tramp fojia yuz bergan shaharga borishini ham ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют