» » Shahram Giyosov: 3 oy tadbirma-tadbir yurdik va 1 oy shugullandik. Qozogistondagi janglarga tayyor emasdik

Shahram Giyosov: 3 oy tadbirma-tadbir yurdik va 1 oy shugullandik. Qozogistondagi janglarga tayyor emasdik


Rio2016 Olimpiadasini kumush medal bilan yakunlagan bokschi Shahram Giyosov Uzbek Tigersning Qozogistondagi maglubiyatidan keyin jurnalist Feruz Muhammadning savollariga javob qaytardi va keyingi galabasiga qadar faqat mashgulotlar bilan band bolishiga oydinlik kiritdi.

Qayd etish kerak, Uzbek Tigers WSBning Xitoyda bolib otgan ilk janglarida China Dragonsdan 2:3 hisobida yengilgan bolib, unda Rio qahramonlaridan birortasi ham ringga chiqmagandi. Qozogistondagi Astana Arlansga qarshi janglar uchun esa Olimpiadada Ozbekiston sharafini himoya qilgan bokschilardan 4 nafari taklif qilindi. Shunga qaramay, Uzbek Tigers 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Xususan, Shahram Giyosov ham oz vazn toifasida raqibidan yengildi.

Olimpiadadan keyin uch oydan ziyod vaqtimizni turli xil tadbirlar uchun sarf qildik va Ozbekistonning barcha viloyatlarini aylanib chiqdik. Deyarli har bir kun qandaydir tadbir yoki kimgadir intervyu berish bilan otdi. Natijada shu vaqt davomida mashgulot otay olmadik.

Faqatgina yangi yildan keyin mashgulotlar uchun qol boshadi. Bor-yogi bir oygina tayyorgarlik esa professional sportchilar uchun kamlik qiladi. Aytishim kerak, biz Qozogistondagi musobaqaga tayyor emasdik.

Shahram Giyosov, bokschi

Shahram Giyosov rasmiy janglar arafasida qoshiqchi Shahzodaning klipida korinish berdi. Bu esa Qozogistondagi maglubiyatdan keyin kop bor yodga olindi.

Shahzodaning klipida suratga tushishim uchun ikki kungina vaqtim ketdi. Shunga ham syomkaga mashgulotlardan keyin bordim.

Maglubiyatimdan keyin shu qarorga keldim: sportchi uchun tadbir, toy-tomosha, klipda suratga tushish, internetda otirish yaramas ekan. Endi faqat va faqat mashgulotlar bilan band bolaman. To keyingi galabamni qolga kiritmagunimcha Instagramga ham kirmayman. Meni intervyuga chaqirganlarga ham uzrimni aytaman.

Shahram Giyosov, bokschi

Shahram Giyosovning Riodagi janglaridan keyin sportchining Instagram sahifasi katta osishga erishdi. Uning galabalariga ofarin oqigan muxlislar Qozogistondagi maglubiyatdan keyin Instagramda kamroq otirishni maslahat berdi.

Muxlislar mashgulotlardan togridan-togri efir qiling, uni kormoqchimiz, nima tanovvul qilayotganingizni bilishni istaymiz deb sorayvergani uchun ularning iltimosini yerda qoldirmasdim. Meni kuzatib boradiganlar bilan muloqatdan qochmasdim.

Yengilganimdan keyin esa xuddi osha kishilar instagramga kamroq kirib, koproq mashq qilishim kerakligini uqtira boshladi. Tushuna olmay qoldim.

Koplab ozbekistonliklar bokschilarimiz Qozogistonda nokautga uchrabdi deb oylaganini eshitdim. Bu notogri malumot. Ringda sirpanib ketgan vaqtimdagi surat hech narsa emas, oramizdan hech kimga nisbatan hisob ochilgani yoq.

Shahram Giyosov, bokschi

: admin (25-02-2017, 16:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
:
-
:
20 ... -