» » O‘zbekistonda avtomobilga qayta ishonchnoma berish huquqi bilan ishonchnoma rasmiylashtirishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda avtomobilga qayta ishonchnoma berish huquqi bilan ishonchnoma rasmiylashtirishga ruxsat berildi


O‘zbekistonda qayta ishonchnoma berish huquqi bilan avtomobilni boshqarish uchun ishonch qog‘ozi berish huquqi rasmiylashtirishga ruxsat berilmoqda.

Bu taqiq Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxslarga berishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 2001-yil 28-avgustdagi 354-son qaroriga ko‘ra shu paytgacha amal qilib kelayotgan edi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi 2018-yil 24-oktabrdagi 863-sonli qaroriga ko‘ra, 17 yil avvalgi hukumat qarorining 4-bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlandi.

Endi fuqarolar o‘zlari ishonch bergan insonlarga boshqa shaxsga xuddi shunday ishonch qog‘ozi rasmiylashtirish huquqiga ega bo‘lishdi. Berilayotgan vakolatlar hajmi kamroq bo‘lishi mumkin, lekin ortiq bo‘lmasligi, qayta ishonchnoma berishi huquqi asosiy (“dastlabki”) ishonchnomada aks etishi kerak. “Ikkilamchi” ishonchnoma ham notarial tartibda tasdiqlanishi kerak.

O‘z vakolatlarini qayta ishonchnoma bilan topshirgan shaxs asosiy ishonchnomani bergan shaxsga yangi ishonch bildirilgan insonning ism familiyasi va yashash manzili haqida ma’lumot berishi shart. Xabardor qilish shunday amalga oshirilishi kerakki, xabardor qilinganlik fakti hujjat bilan o‘z tasdig‘ini topishi lozim.

Agar bu ish qilinmasa, keyingi ishonchnomani qo‘lga kiritgan shaxsning xatti-harakatlari uchun oldingi ishonchnomani olgan shaxs javobgar bo‘ladi. Asosiy ishonch qog‘ozi qaytarib olinganda, muddati tugaganda yoki boshqa sabablar bilan tugatilganda keyingi berilgan ishonch qog‘ozi ham o‘z kuchini yo‘qotadi.

Bundan tashqari, endi O‘zbekiston rezidentlari bo‘lmagan shaxslarga avtomototransport vositalarini ishonchnoma orqali berishni ham rasmiylashtirish mumkin. “Bu ham 17 yil davomida taqiqlangan edi”, — deb yozadi “Kun.uz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 13:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют