» » Video: Ukrainada kaskadyorlar mashinasi tomoshabinlar ustiga bosib bordi. To‘rt kishi jarohatlandi, 10 yosh qizning ahvoli og‘ir

Video: Ukrainada kaskadyorlar mashinasi tomoshabinlar ustiga bosib bordi. To‘rt kishi jarohatlandi, 10 yosh qizning ahvoli og‘ir


Ukrainaning Krivoy Rog shahridagi avtomobil poygalari vaqtida mashina tomoshabinlar ustiga bosib bordi. Hodisa oqibatida to‘rt kishi jabrlandi, ularning ikki nafari bolalar ekani aytilmoqda.

Jabrlanuvchilardan biri kasalxonaga yotishdan bosh tortgan. Uch kishi Krivoy Rog kasalxonalariga yotqizilgan. Bir ayolning tos suyagi singan, 5 yoshli bolaning ko‘krak qafasi shikastlangan. 10 yoshli qizning ahvoli hammanikidan ham og‘ir — u og‘ir bosh-miya jarohati bilan jonlantirish bo‘limida yotibdi.

Baxtsiz hodisadan so‘ng poygalar to‘xtatilgan, hodisa joyida politsiya ish olib bormoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa yuz bergan vaqtda haydovchi mast bo‘lmagan. Shunga qaramay, haydovchi nima uchun mashinani boshqara olmay qolganini tushuntirib berolganicha yo‘q. Mashina tormozi ishlamay qolgani haqidagi taxmin tekshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют