» » Obligatsiyalarni tijorat banklari o‘rtasida joylashtirish auksion orqali amalga oshiriladi

Obligatsiyalarni tijorat banklari o‘rtasida joylashtirish auksion orqali amalga oshiriladi


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki obligatsiyalarining chiqarilishi va muomalada bo‘lishi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qildi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, Markaziy bank obligatsiyalari bu – obligatsiya egasiga belgilangan muddatda foiz hisobida kuponli daromad olish huquqini beruvchi elektron shaklda chiqariladigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar ekanligi belgilandi.

Nizomga ko‘ra obligatsiyalar kreditlar uchun garov ta’minoti va RЕPO (obligatsiyalarni belgilangan muddat va narxda qayta sotib olish majburiyati bilan sotish bo‘yicha ikki tomonlama harakat) bitimlarida oldi-sotdi obyekti bo‘lishi mumkin.

Obligatsiyalar chiqarilishi alohida emissiya tarzida amalga oshiriladi. Har bir chiqarilgan emissiyaga o‘n belgili razryaddan (X1 X2 X3 X4 X5 X6 X7 X8 X9 X10) iborat identifikatsion raqam beriladi va Global sertifikat bilan rasmiylashtiriladi.

Birinchi razryad (X1) – “2” raqami qimmatli qog‘ozning turini ko‘rsatadi.

Ikkinchi razryad (X2) - qimmatli kog‘ozning muomala davrini ko‘rsatadi:

• “1” - uch oy muddatga;

• “2” - olti oy muddatga;

• “3” - to‘qqiz oy muddatga;

• “4” - o‘n ikki oy muddatga muomalada bo‘lgan obligatsiyalar uchun.

Obligatsiyalarni tijorat banklari o‘rtasida joylashtirish auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Auksion savdolari ikki xil usulda o‘tkaziladi:

• “amerikacha” usul - raqobatli buyurtmalar ularda taklif etilgan foiz stavkalari bo‘yicha qondiriladi;

• “gollandcha” usul - raqobatli buyurtmalar chegirish foiz stavkasi buyicha qondiriladi.

Obligatsiyalarni saqlash va ularga bo‘lgan huquqlarning hisobini yuritish valyuta birjasida ochilgan “depo” hisob varaqlarida olib boriladi.

Obligatsiyalar ularning muomala davri tugagan kundan keyingi ish kunida so‘ndiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют