» » O‘zbekistondagi sport maktablarida o‘quvchilarni ovqatlantirish xizmatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi

O‘zbekistondagi sport maktablarida o‘quvchilarni ovqatlantirish xizmatini tashkil etish tartibi tasdiqlandi


Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 15-oktabrdagi buyrug‘i bilan ayrim ixtisoslashtirilgan olimpiyazaxiralari maktab-internatlarida autsorsing asosida ovqatlanishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom va autsorsing asosida ovqatlanishni tashkil etish bo‘yicha namunaviy shartnoma tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab sinov tariqasida Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati, Urganch, Farg‘ona hamda Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida autsorsing asosida ovqatlantirish joriy etildi.

Bunda xizmat ko‘rsatish istagini bildirgan korxonalar o‘rtasida tanlov o‘tkazish yo‘li bilan ta’lim muassasasi oshxonasi ijaraga beriladi. Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi (retsepturasi)ni belgilovchi namunaviy ro‘yxatga asosan taomlar tayyorlanadi. Ovqatlanishning kunlik menyu ratsioni vrach-diyetolog tomonidan ishlab chiqilib, maktab-internat direktori bilan kelishiladi hamda autsorserga taqdim etiladi.

Autsorsing bo‘yicha haq to‘lash shartnoma tuzilishi sanasida oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi o‘rtachabozor narxlari bo‘yicha (mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etilgan narxlardan yuqori bo‘lmagan holda) bir ovqatlanuvchiga tegishli kontingent uchun ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati sutkalik oziq-ovqat normasidan kelib chiqib o‘rnatiladi. Bunda umumiy ovqatlanish korxonalariga haq to‘lash barcha xarajatlarni (soliqlar, xodimlarning ish haqi, transport xizmatlari va boshqalar) o‘z ichiga oladigan 20 foizgacha ustama haq hisobga olinadi. Misol uchun Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatiga 1 nafar o‘quvchining bir kunlik ovqatlanishi uchun o‘rtacha 28 ming so‘m ajratilgan.

Tayyor va zaxiradagi oziq-ovqat mahsulotlari sifatini tekshirish, tayyorlash retsepti va texnologik rejimga rioyayetilganligini aniqlash maqsadida maktab-internat va autsorser vakillaridan iborat bo‘lgan mahsulotlarni sifatigaqarab saralash (brakeraj) komissiyasi tuziladi.

Oshxona faoliyat ko‘rsatish samaradorligi, xizmat ko‘rsatish darajasi o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li bilan aniqlanadi. Bundan tashqari ota-onalar yig‘ilishlarida o‘quvchilar uchun tayyorlanayotgan sifati va ovqatlanishni tashkil etishda ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida taqdimot va ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.

Ushbu muassasalarda to‘plangan tajriba va o‘tkazilgan sinovlar natijadorligidan kelib chiqib, autsorsing xizmati kelgusida vazirlik tizimidagi barcha ta’lim muassasalarida joriy etiladi. Ma’lumot uchun, Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida o‘quvchilar olti o‘quv kunida besh mahal, yakshanba (bayram kunlari) kuni esa uch mahal ovqatlantiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют