» » Samarqandda Cobalt’ga yashirilgan tamakilarning O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishi it yordamida fosh etildi

Samarqandda Cobalt’ga yashirilgan tamakilarning O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishi it yordamida fosh etildi


Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona posti xodimlari qo‘shni davlatdan qaytib kelayotgan M.D. imli shaxs boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinani bojxona nazoratidan o‘tkazish chog‘ida O‘zbekistonga katta miqdordagi tamaki mahsulotlari kirib kelishini oldini oldi, deb xabar beradi O‘zA.

Ushbu avtomashinaning yo‘lovchi kabinasini “Samanta” laqabli xizmat iti yordamida tekshirish chog‘ida bojxonachilar avtomashinaga noqonuniy mahsulot yashirilganligini payqab qoldi.

Shundan so‘ng Cobalt mashinasi chuqur bojxona nazoratidan o‘tkazilganda xizmat itining xatti-harakatlari o‘z isbotini topdi. Avtomashina old va orqa eshiklari orasida yashirilgan 937 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 182-moddasiga binoan (bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirincha tovarlarni noqonuniy olib o‘tish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov organiga topshirildi. Hozirda aniqlangan tamaki mahsulotlari hamda avtotransport vositasi huquqbuzarlik ashyosi sifatida olib qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют