» » Samarqandda “Zarafshon” va “Jomboy” bojxona punktlari ishga tushdi

Samarqandda “Zarafshon” va “Jomboy” bojxona punktlari ishga tushdi


Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini o‘rtacha vaqtini qisqartirish maqsadida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining “Zarafshon” va “Jomboy” temir yo‘l stansiyalari hududida bojxona punktlari tashkil etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2017—2018-yillar mobaynida yuk tashish hajmining tahlil natijalari, ushbu stansiyalar orqali eksport va import qilinadigan tovarlar sonining o‘sish tendensiyasi, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilaring taklif va istaklari inobatga olindi.

Jumladan, 2018-yilning 9 oyi davomida “Zarafshon” stansiyasi orqali tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan 2800 dan ortiq temir yo‘l vagonlar yordamida eksport-import operatsiyalari amalga oshirilgan. “Zarafshon” temir yo‘l stansiyasiga ushbu hudud yaqinida joylashgan “Sam-Antep Gilam”, “Siyob Saxovati” hamda Pulsar Trade Brewery va boshqa tashkilotlarning temir yo‘l tarmoqlari keltirilgan.

Xuddi shuningdek, “Jomboy” temir yo‘l stansiyasi orqali 900 ga yaqin vagonlar yordamida eksport-import operatsiyalari amalga oshirilgan. Stansiyaga JV MAN Auto-Uzbekistan, UzAutoTrailer, Bmax Building Materials, Prime Ceramics va boshqa qator tashkilotlarning temir yo‘l tarmoqlari keltirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют