» » “Barselona” “Real”ni tor-mor qildi, Suaresdan het-trik (video)

“Barselona” “Real”ni tor-mor qildi, Suaresdan het-trik (video)


Biroz oldin futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasi 10-turidan o‘rin olgan “Barselona” hamda “Real Madrid” o‘rtasidagi navbatdagi “El-Klasiko” yakuniga yetdi.

Uchrashuvda hisobni 11-daqiqada Filippe Koutinyo ochishga erishdi. 30-daqiqad Rafa Varan Luis Suaresni yiqitdi. Uchrashuv hakami esa VAR tizimi yordamida penalti belgiladi. Jarim zarbasini Suaresning o‘zi Tibo Kurtua darvozasiga aniq yo‘lladi.

Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida Marselo gol urib, hisobni qisqartirishga erishdi. 75 hamda 83-daqiqada Luis Suares yana ikkita gol urib, jamoasini oldinga boshladi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Arturo Vidal esa 87-daqiqada gol urib, o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

10-turdan keyin “Barselona” hisobida 21 ochko mavjud va ular La Liga peshqadami bo‘lib turibdi. “Real Madrid” hisobida esa 14 ochko. Madridliklar 9-o‘rinni band etib turibdi.

La Liga

10-tur bellashuvi

28-oktabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 11 Koutinyo, 2:0 – 30, penalti Suares, 2:1 – 50 Marselo, 3:1 – 75 Suares, 4:1 – 83 Suares, 5:1 – 87 Vidal.

“Barselona”: ter Shtegen, Pike, Alba, Serji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 84), Buskets, Rafinya (Nelson Semedu, 69), Rakitich, Koutinyo (Dembele, 74), Suares.

“Real Madrid”: Kurtua, Varan (Vaskes, 46), Marselo (Dias, 82), Nacho, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko, Modrich, Beyl (Asensio, 77), Benzema.

Ogohlantirishlar: Rakitich (38), Nacho (39), Beyl (53), Suares (77).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 22:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют