» » Foto: To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi aysberg

Foto: To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi aysberg


NASA IceBridge operatsiyasi doirasida Yerdagi muzliklarning erish tezligini o‘rganish uchun muz qatlamlari suratga olingan. Larsen S shelf muzligi yaqinida, Antarktika yarimoroli qirg‘og‘ida to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi aysberg suratga olingan: u xuddi chizg‘ich bilan tekislab, arrada kesilganga o‘xshaydi, deb yozmoqda National Geographic.

NASA mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu aysbergning hosil bo‘lishida odamning aralashuvi mavjud emas. Merilend universiteti muzshunos olimi Kelli Brantning tushuntirishicha, uzoq vaqt o‘sadigan muzlik yorilishni boshlaydi, yorilish to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega bo‘ladi.

Brantning so‘zlariga ko‘ra, mazkur aysberg juda yosh bo‘lib, uning o‘tkir uchlari hali shamol va to‘lqinlar tomonidan yemirilmagan. Aysberg barqaror emas, unda istalgan vaqtda yangi yoriqlar paydo bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 06:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют