» » Toshkentda ortidan militsiya quvayotgan Lacetti yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida bir kishi o‘ldi. Lacetti haydovchisining haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan

Toshkentda ortidan militsiya quvayotgan Lacetti yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida bir kishi o‘ldi. Lacetti haydovchisining haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan


Toshkent shahrining Yunusobod tumanida, Olmazor va Islom Karimov ko‘chalari kesishmasida 28-oktabrga o‘tar kechasi soat 2:00 atrofida Lacetti avtomobili va HOWO yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

IIBB matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, avtomobilni YPX inspektorining talabiga bo‘ysunmay, yashirinish maqsadida katta tezlikda va haydovchilik guvohnomasisiz boshqarib kelayotgan Lacetti haydovchisi Olmazor—Islom Karimov ko‘chalari chorrahasida svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga chorrahaga katta tezlikda kirib borgan vaqti yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi, 29 yoshli Jo‘rabek A. tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan, Lacetti’ning 26 yoshli yo‘lovchisi Shahboz H. esa hodisa joyida halok bo‘lgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“odam o‘lishiga sabab bo‘lgan transport vositasi harakati yoki undan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Tergov davomida YTH sabablari, haydovchini tezlikni oshirishga undagan omillar aniqlanadi. Qoidabuzarning avtomobilini ta’qib qilib borgan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi belgilangan. Ushbu tekshiruv natijalari haqida qo‘shimcha axborot beriladi”, — deyiladi Toshkent militsiyasi axborotida.

Ma’lumot uchun, Lacetti haydovchisi ma’muriy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 2018-yil 12-apreldagi qarori bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 136-moddasida nazarda tutilgan qoidabuzarlik (“transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi”)ni sodir etganlikda aybli deb topilib, mast holda avtomobil boshqarganligi uchun 1,5 yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilingan bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 62) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют