» » AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi rahbari e’lon qilinmagan tashrif bilan Suriyaga keldi

AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi rahbari e’lon qilinmagan tashrif bilan Suriyaga keldi


AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) rahbari general Jozef Votel 24-fevral, juma kuni e’lon qilinmagan tashrif bilan Suriya shimoliga keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

“General Votel nazoratimiz ostidagi tumanlarda bo‘ldi va bir necha qo‘mondonlarimiz bilan uchrashdi. Uchrashuvlar ‘Frot qalqoni’ operatsiyasining rivoji va boshqa harbiy masalalarga taalluqli bo‘ldi”, — deya ta’kidladi muxolifatning mintaqadagi “Suriya demokratik kuchlari” tuzilmasi vakili Talal Sello. 

Ma’lumot uchun, Yaqin Sharqdagi operatsiyalar uchun mas’ul hisoblangan Jozef Votel oxirgi bor Suriyaga 2016-yil may oyida kelgan edi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют