» » “Milan”da g‘alaba, “Napoli” “Roma” bilan durang o‘ynadi, bugun “Inter” “Latsio” bilan kurashadi (video)

“Milan”da g‘alaba, “Napoli” “Roma” bilan durang o‘ynadi, bugun “Inter” “Latsio” bilan kurashadi (video)


Kecha, 28-oktabr sanasida Italiya A Seriyasining 10-turidan o‘rin olgan bir nechta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Jennaro Gattuzo boshchiligidagi “Milan” jamoasi “Sampdoriya”ni qabul qilib, 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar safida Patrik Kutrone, Gonsalo Iguain hamda Suso bittadan gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Turning markaziy o‘yinlarida birida “Napoli” o‘z maydonida “Roma”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. O‘yindagi hisobni “Roma” hujumchisi Stefan Al-Shaaravi ochdi. 90-daqiqada esa Dris Mertens gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bugun oqshomda turning so‘nggi o‘yinida “Latsio” o‘z uyida “Inter” bilan bahs olib boradi.

A Seriya

10-tur bellashuvlari

27-oktabr, shanba

“Atalanta”—“Parma” 3:0

Gollar: 1:0 – 55, avtogol Galolo, 2:0 – 72 Palomino, 3:0 – 80 Manchini.

“Empoli”—“Yuventus” 1:2

Gollar: 1:0 – 28 Kaputo, 1:1 – 54, penalti Ronaldu, 1:2 – 70 Ronaldu.

“Torino”—“Fiorentina” 1:1 

Gollar: 0:1 – 2 Benassi, 1:1 – 13, avtogol Lafon.

28-oktabr, yakshanba

“Sassuolo”—“Bolonya” 2:2

Gollar: 0:1 – 2 Palasio, 1:1 – 17 Marlon, 1:2 – 56 Mbaye, 2:2 – 85, penalti Boateng.

SPAL—“Frozinone” 0:3

Gollar: 0:1 – 40 Chibsa, 0:2 – 53 Chiano, 0:3 – 89 Pinamonti.

“Kalyari”—“Kyevo” 2:1

Gollar: 1:0 – 15 Pavoletti, 2:0 – 59 Kastro, 2:1 – 79 Stempinski.

“Jenoa”—“Udineze” 2:2

Gollar: 1:0 – 32, penalti Romulo, 1:1 – 65 Lazanya, 2:1 – 67 Romero, 2:2 – 70 de Paul.

“Milan”—“Sampdoriya” 3:2

Gollar: 1:0 – 17 Kutrone, 1:1 – 21 Saponara, 1:2 – 31 Kualyarella, 2:2 – 36 Iguain, 3:2 – 62 Suso.

“Napoli”—“Roma” 1:1

Gollar: 0:1 – 14 Al-Shaaravi, 1:1 – 90 Mertens.

29-oktabr, dushanba

“Latsio”—“Inter” 00:30



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 10:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют