» » “O‘zbektelekom” AK bosh direktori o‘zgardi

“O‘zbektelekom” AK bosh direktori o‘zgardi


Nazirjon Hasanov “O‘zbektelekom” AK bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi, deb yozadi “Xabar.uz”.

Nazirjon Hasanov Nabijanovich shu kunga qadar “O‘zbektelekom” AKning Davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlar bo‘yicha direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nazirjon Hasanov 1970-yilda tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

Ma’lumoti oliy, 2002-yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutining Telekommunikatsiyalar fakultetini bitirgan (sirtqi). 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy Biznes Maktabini tamomlagan (sirtqi).

Bu kompaniya rahbariyatining yil hisobidan uchinchi bor o‘zgarishi. Bunga qadar 2018-yilning fevrali va avgustida kompaniyaga yangi bosh direktor tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 8-avgust kuni “O‘zbektelekom” AK rahbariyatida qator lavozimga tayinlashlar amalga oshirilgan va kompaniya rahbari etib Shuhrat Qodirov tayinlangandi.

2018-yilning fevral oyidan avgustiga qadar bosh direktor lavozimida ishlagan Farhod Roziyev esa kompaniyaning tijorat direktori vazifasiga o‘tkazilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 11:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют