» » Xorazmda firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs sud zalidan ozodlikka chiqarildi

Xorazmda firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs sud zalidan ozodlikka chiqarildi


25-oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismining “a” bandi bilan O.Otamuratovga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi xabar berdi.

O.Otamurotov tanishi K.Ibragimov bilan uchrashib, unga “Coca-cola” yaxna ichimligini sotib olib, ulgurji narxda sotib, foydadan tushgan mablag‘ni teng bo‘lib, u bilan sheriklikda ishlashini aytib, 140 000 000 so‘m pullarini aldab olib, ishonchiga kirib, ishonchini suiiste’mol kilgani holda pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Bundan tashqari, O.Otamurotov takroran tanishi R.Matchanov bilan uchrashib, unga tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun qisqa muddatga pul berib tursa, tez kunda foyda pullari bilan birga ko‘paytirib qaytarib berishini aytib, uni aldab, ishonchiga kirib, 94 000 000 so‘m pullarini olib, belgilangan muddatda qaytarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Sud tomonidan O.Otamurotov jinoyat natijasida yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganligini, jabrlanuvchilarning unga nisbatan da’vosi yo‘qligi inobatga olinib, unga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo turi tayinlanib, sud zalida kamoqdan ozod etildi.

Ma’lumot uchun, shuni aytib o‘tish lozimki 2018-yilning 9 oyi davomida jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudlari tomonidan 53 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 13:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют