» » AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqishni keyinga qoldirdi

AQSh Eronga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqishni keyinga qoldirdi


Oq uy vakilining ma’lum qilishicha, Eronga nisbatan sanksiyalarni kengaytirish ehtimolini ko‘rib chiqish masalasi noma’lum muddatga kechiktirildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant.ru”.

“Agar bu amalga oshirilsa, Eron tomoni bilan biror bir masalada muzokaralar olib borish imkoniyati qolmaydi”, — deydi agentlik manbasi.

Gap, shu jumladan, Suriya va Iroqdagi IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash haqida bormoqda. Eron bilan munosabatlar yomonlashgan taqdirda kurash murakkablashishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirida Eron o‘rtacha uzoqlikda harakatlanuvchi ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi. Fevral oyi boshida AQSh Eronga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalarni joriy etdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют