» » Legioner.uz. Fozil Musayev Yaponiya chempionatida debyut qildi, Lutfulla To‘rayev o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi

Legioner.uz. Fozil Musayev Yaponiya chempionatida debyut qildi, Lutfulla To‘rayev o‘z hisobiga gol yozib qo‘ydi



Yaponiya

Yaponiyaning “Jubilo Ivata” futbol klubi bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekkan Fozil Musayev Jey ligadagi debyut o‘yinida maydonga tushdi. “Serezo Osaka” klubi maydoniga tashrif buyurgan “Jubilo Ivata” 0:0 hisobidagi durang natijaga imzo chekdi.

Fozil Musayev uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda o‘tkazib, o‘yin yakuniga qadar harakat qilgan. Undan tashqari “Jubilo Ivata” safida polshalik darvozabon Kaminski, braziliyalik yarim himoyachi Adailton legioner sifatida to‘p surgan.

Yaponiya Jey ligasi
1-tur
25-fevral, shanba

Malayziya Premyer-ligasining 6-turiga kelib o‘zbekistonlik futbolchilar to‘p surayotgan ikki jamoa o‘zaro to‘qnash keldi va unda Lutfulla To‘rayevning jamoasi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Bobur Akbarov harakat qiladigan “Kuala Lumpur” darvozasiga kiritilgan ikkinchi golga aynan Lutfulla To‘rayev mualliflik qildi va jamoasining turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib olishiga hissa qo‘shdi.

“Terengganu” klubi shu yurishini davom ettirsa, Malayziya Super ligasigasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi ham mumkin.

Malayziya Premyer-ligasi
6-tur
24-fevral, juma

Gollar: Falkone, 4 (1:0). Nazmi, 36 (1:1). Lutfulla To‘rayev, 52 (2:1).

Опубликовано: admin (25-02-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 22) ( 0) ( 20) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют