» » Huawei va Audi hamkorlikda aqlli avtomobillar uchun yechimlar ishlab chiqadi

Huawei va Audi hamkorlikda aqlli avtomobillar uchun yechimlar ishlab chiqadi


Huawei va Audi kompaniyalari «HUAWEI CONNECT 2018” konferensiyasi doirasida ulangan aqlli avtomobillar (ICV) sohasida kelgusi hamkorlik rejalarini ma’lum qilib, ushbu inqilobiy texnologiyaning imkoniyatlarini amalda namoyish qilish uchun yangi Audi Q7 modelini taqdim etishdi.

“Hozirda biz yuqori darajada avtomatlashgan haydovchisiz ulovning ishlash xususiyatlari, shuningdek, transport vositasi va infratuzilma o‘rtasida ishonchli aloqani ta’minlaydigan tarmoqlarni takomillashtirish ustida bosh qotirmoqdamiz. Biz Huawei bilan hamkorlikni kuchaytirish istagidamiz, chunki bundan ham kompaniyalar, ham iste’molchilar manfaat ko‘radi”, – deydi Audi China R&D ijrochi direktori Saad Mets (Saad Metz).

“Avtomobillar kundan-kunga aqlli bo‘lib bormoqda va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bu yo‘nalishda yanada muhim ahamiyat kasb etyapti. Jahondagi eng ilg‘or premium brendlardan biri hisoblangan Audi kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikda avtomatik boshqaruv tizimini sezilarli darajada rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shishga ishonchimiz komil. Yaqin kelajakda dunyoning barcha hududlarida odamlar xavfsiz, qulay, aqlli va pilotsiz qurilmalardan foydalanishi mumkin bo‘ladi”, – deb qo‘shimcha qildi Huawei kompaniyasining boshqaruv kengashi raisi va strategik marketing bo‘yicha direktori Vilyam Syuy (William Xu).

Shahar sharoitida avtomatlashgan boshqaruvni ta’minlash uchun Huawei Mobile Data Center (MDC) ma’lumotlar markazi Audi Q7 bilan integratsiyalangan. Ushbu prototip HUAWEI CONNECT 2018 konferensiyasida ommaga tanishtirildi.

Bundan bir necha oy avval, 2018-yilning 10-iyul sanasida Berlin shahrida Huawei va Audi kompaniyalari intellektual ulangan avtomobillarni ishlab chiqish maqsadida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashgan edi. Hamkorlikning yangi bosqichi ushbu ikki brendning umumiy strategiyasini amalga tatbiq etishda kuchli turtki bo‘lib xizmat qilmoqda.

Reklama huquqi asosida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют