» » Navoiyda 17 kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Navoiyda 17 kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi


Navoiyda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 17 nafar shaxsga fuqarolik pasporti topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Navoiy shahrida istiqomat qilib kelayotgan Jo‘rayevlar oilasi asli tojikistonlik bo‘lib, taqdir taqozosi bilan yurtimizga ko‘chib kelgan. O‘zbekistonni o‘z yurti deb biladigan Abdurahmon Jo‘rayev va uning turmush o‘rtog‘i Yulduz Jo‘rayeva bu yerda tinch-xotirjam va baxtiyor hayot kechirib, to‘rt farzandning ota-onasi bo‘ldi. Ularning ushalmasdek tuyulgan ko‘p yillik orzusi bugun ro‘yobga chiqdi.

Joriy yilda Navoiy viloyatida O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan yurtdoshlarimiz soni 95 nafarga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 23:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют