» » Rasman: “Real” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi iste’foga chiqarildi

Rasman: “Real” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi iste’foga chiqarildi


Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi qoniqarsiz natijalar sabab iste’foga chiqarildi.

52 yoshli ispaniyalik murabbiyi Madrid klubi bilan joriy yilning iyun oyida shartnoma imzolagandi. U bungacha Ispaniya terma jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlayotgandi. Lopetegining “Real” bilan shartnoma imzolashi uning, JCh—2018 oldidan terma jamoadan haydalishi bilan yakunlandi.

“Real” Lopetegi qo‘l ostida 14 ta rasmiy o‘yinda maydonda tushib, 6 ta g‘alabaga erishdi. 2 ta o‘yinda durang, 6 ta bahsda esa mag‘lub bo‘ldi.

Jamoani endilikda shu vaqtga qadar “Real Katilya” jamoasini boshqarib kelgan, klubning sobiq futbolchisi Santyago Solari vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida boshqarib turadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 07:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют