» » O‘zbekistonda ilk bor robototexnika musobaqasi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda ilk bor robototexnika musobaqasi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekistonda ilk bor Innovatsion rivojlanish vazirligi, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi va Yoshlar ittifoqi tomonidan InnoWeek haftaligi doirasida Xalqaro robototexnika musobaqasi (International Robotics Challenge) bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Unda 6 mamlakatdan kelgan 24 ta xorijiy jamoa va 40 ta mahalliy jamoa, jami 200 ga yaqin ishtirokchisi o‘zaro bellashdi.

Musobaqada qatnashish uchun arizalar shu yilning 25-sentyabridan 10 oktyabrigacha onlayn qabul qilindi. 15 kun davomida kelib tushgan 200 dan ortiq onlayn ariza orasidan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston, AQSh va Rossiyadan ishtirok etish istagini bildirgan 70 nafar yosh va mutaxassis saralab olindi. Bundan tashqari, Robokidz robototexnika maktabi, Artel texnika maktabi, Polito School NTM, TIE School NTM hamda Turin politexnika universitetidan 30 ga yaqin jamoa O‘zbekiston nomidan qatnashdi.

Xalqaro robototexnika musobaqasida 9 yoshdan 16 yoshgacha va 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yosh guruhlari orasida 6 ta toifa bo‘yicha bellashuvlar olib borildi.

Butun dunyoda mashhur bo‘lgan “Sumo” musobaqalaridan tashqari, ikkala yosh guruhida mahalliy konstruktorlardan yasaladigan robotlar orasida ham bellashuvlar olib borildi. 16 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar IntTech korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan JuniorE konstruktorlarida bellashgan bo‘lsa, katta yoshdagi ishtirokchilar Avtosanoat innovatsiya markazi tomonidan ishlab chiqarilayotgan Technobot konstruktorlarida o‘z mahoratlarini sinab ko‘rdi.

Musobaqada umumjamoa hisobida O‘zbekiston jamoasi g‘alaba qozondi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют