» » Istanbulda yangi aeroport ochildi. U jahondagi eng katta aeroportga aylanadi va yiliga 200 mln yo‘lovchini qabul qiladi

Istanbulda yangi aeroport ochildi. U jahondagi eng katta aeroportga aylanadi va yiliga 200 mln yo‘lovchini qabul qiladi


Istanbulda yangi aeroport ochilishi bo‘lib o‘tdi. Meduza’ning xabar berishicha, ushbu havo bandargohi yaqin yillar ichida yo‘lovchi oqimi bo‘yicha jahonda birinchi o‘ringa chiqadi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, aeropot birinchi bosqichda yiliga 90 million nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladi, 2023-yilga borib — qurilishning barcha bosqichlari yakuniga yetgach — ushbu raqam yiliga 200 million yo‘lovchigacha ko‘payadi.

Yangi aeroportdan ilk tijoriy reys 31-oktabr kuni amalga oshirilishi kutilmoqda.

World leaders to attend opening of #istanbul airport https://t.co/fzzfzgL3RO #istanbulnewairport pic.twitter.com/wweZUz7ndL

— ANADOLU AGENCY (ENG) (@anadoluagency) October 28, 2018

Ko‘p yillardan beri AQShning Atlanta shahridagi Xartsfild-Jekson xalqaro aeroporti yo‘lovchi oqimi bo‘yicha jahonda yetakchi hisoblanadi. 2017-yili ushbu aeroport 103 million yo‘lovchini qabul qilgan.

Istanbulning amaldagi Otaturk nomli aeroporti jahonning eng yirik yigirmata havo bandargohidan biri hisoblanadi (2017-yili 63 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan). Reyslar yangi aeroportga ko‘chirilgach, eski aeroport yopiladi va uning o‘rnida park quriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют