» » Rossiya kelgusi yilda muhojirlar uchun kvotalarni oshirishni rejalashtirmoqda

Rossiya kelgusi yilda muhojirlar uchun kvotalarni oshirishni rejalashtirmoqda


Rossiya Mehnat vazirligi 2019-yilda muhojirlar uchun kvotani 144 ming kishigacha oshirishni taklif qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.

“Mehnat vazirligi kelgusi yilda Rossiyada ishlash uchun xorijliklarni jalb etish kvotasini 144 ming kishigacha oshirishni taklif qildi. Bu mazkur yilgi ehtiyojdan to‘rt ming kishiga ko‘pdir”, — deyiladi hukumat qarori loyihasiga izoh beruvchi qaydda.

Mehnat vazirligi xorijiy kapital ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, chet eldan keltirilgan texnologik qurilmalarni qo‘llash, qurilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish va Rossiyada zarur malakali kadrlarning yo‘qligi xorijiy ishchilarni Rossiyaga jalb etishning asosiy sababi ekanligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning birinchi yarmida millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaga ishlash uchun ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2018, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют