» » So‘nmagan umid: Sovuqqa allergiyasi bo‘lgan xokkeychi professional faoliyatini boshlash umidini uzmayapti

So‘nmagan umid: Sovuqqa allergiyasi bo‘lgan xokkeychi professional faoliyatini boshlash umidini uzmayapti


AQShning “Kvinnipek Bobkets” talabalar xokkey jamoasi darvozaboni Kris Troylning sovuqqa allergiyasi bor. Shunga qaramay u muntazam ravishda muz maydoniga chiqadi, deb yozmoqda Meduza.

Xokkeychiga sovuq eshak yemi allergiya tashxisi qo‘yilgan. Bunday kasallikda past harorat tufayli teri to‘kilishi kuzatiladi.

Kris Troylda allergiya AQSh harbiy-havo kuchlaridagi xizmatidan so‘ng paydo bo‘ldi. Og‘ir sharoitda jon saqlash mashg‘ulotlarida u Kolorado o‘rmonida 5 kun o‘tkazdi. Troyl va uning xizmatdoshlari issiq ob-havoga tayyorlangan edi, ammo u kutilmaganda o‘zgardi: havo harorati keskin pasayib ketdi, yomg‘ir va do‘l yog‘di. Troyl kuchli sovuq oldirib qo‘ydi.

Kris Troyl ma’lum muddat harbiy-havo kuchlari xokkey ligasida o‘ynadi, ammo kasalligi tufayli harbiy xizmatni yakunlashga majbur bo‘ldi.

Joriy mavsumda Troyl “Kvinnipek Bobkets”ning 21 o‘yinida maydonga tushdi. U qachonlardir professional xokkeychi bo‘lish umidini uzmayapti.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-02-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют